KXDR poytaxtidagi Sonan xalqaro aeroportida yangi terminalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”. Unda mamlakat bosh vaziri Pak Bon Dyu ishtirok etib, Pxenyandan 24 kilometr masofada joylashgan havo bandargohini qurishda qatnashgan harbiy quruvchilarga minnatdorlik bildirdi.
25-iyun kuni davlat rahbari Kim Chen In rafiqasi Li Sol Chju bilan terminalni ko‘zdan kechirdi. U aeroport yaqinida joylashgan tumanlarda obodonchilik ishlarini olib borish, hamda Sonanni Pxenyan markazi bilan bog‘lovchi tezyurar temir yo‘llari va katta yo‘llarni barpo etish zaruratini ta’kidlab o‘tdi.
Kim Chen In terminalni eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, yo‘lovchilarga barcha qulayliklarni yaratish, shuningdek aeroport yaqinida qulay mehmonxona qurishga ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)