Reddit’ning venusreincarnate nikli foydalanuvchisi uning otasi va amakisi bir-birini 40 yildan ortiq vaqt mobaynida tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan otkritka suratini namoyish qildi, deb xabar beradi “Meduza”.
Aka-uka Jeff va Ron har safar otkritkaga o‘z ismini yozib qo‘ygan, faqat ba’zi hollarda Ron bunday qilishni unutgan.
Foydalanuvchi ushbu suratni otasi tug‘ilgan kunini nishonlayotgan sanada chop qilgan.
Otkritkaning o‘zidagi matn ham uni kimgadir yuborishga undaydi: “Bu otkritkani tashlab yubormang… Uni do‘stingizga bering. Tug‘ilgan kuningiz bilan!”
Izoh (0)