Ukraina iyul oyida Rossiya gazi uchun oldindan to‘lovni amalga oshirmadi va “Ukraina Naftgogazi”ga gaz yetkazib berish 1-iyuldan to‘xtatildi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Naftgogaz”dagilar ma’lum qilishicha, 1-iyulda Venada bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralarda Rossiya gazining Ukrainaga bundan keyingi yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilmagan.
O‘z navbatida Rossiya tomoni Kiyevning qarorini siyosiy asosga ega deb hisoblaydi. Bu orada Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak aytishicha, Rossiya tomoni jangarilar qo‘li ostidagi Donbass hududiga gaz yetkazib berishda davom etadi.
Izoh (0)