AQSh prezidenti Barak Obama Eron hukumatiga maxfiy xat jo‘natdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Eronning “Hamshahri” gazetasiga tayanib.
Parlament boshqarmasi a’zosi Merdad Bazrpash ta’kidlashicha, maktub qo‘shni mamlakat vakili orqali topshirilgan bo‘lib, yadro muammosiga bog‘liq ma’lumotni o‘z ichiga oladi.
Gazetadagilar taxminiga ko‘ra, xatni Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy yetkazgan bo‘lishi mumkin. Maktub haqidagi boshqa tafsilotlar noma’lum.
Izoh (0)