22-iyun kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida “Futbol shou” bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “O‘zbeknavo” matbuot xizmati.
Tadbir “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.
Oldinroq “Futbol shou” “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi xabar berilgandi. Lekin noma’lum sabablarga ko‘ra ushbu tadbir “Paxtakor” stadioniga ko‘chirilgan.
Kamolot.uz bergan xabarga ko‘ra, “Futbol shou”da Aktyorlar jamoasi Xonandalar guruhiga qarshi maydonga tushgan.
Aktyorlar jamoasiga Dilshodbek Kattabekov, xonandalar jamoasiga esa Ravshan Namozov murabbiylik qildi.
Aktyorlar jamoasi a’zolari: Javlon, Abror Hayitnazarov, Tolibjon Mo‘minov, Shukrullo Isroilov, Narimon Sultonxo‘jayev, Aziz Rametov, Mehriddin Rahmatov, Valijon Shamsiyev, Samandar Hamroqulov, Yigitali, Sherzodbek Saidaliyev, Sobirjon Otajonov (darbozabon) va boshqalar.
Xonandalar guruhi a’zolari: Dilniyoz, Adham Soliyev, Mustafo, Muzaffar, Jamshid, Ravshan Sobirov, Bahrom Nazarov, Sardor Rahimxon, Shohruxxon, Doston Ubaydullayev, Mashhurbek, Eldido, Doston, Alisher va boshqalar.
O‘yin durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida xonandalar g‘oliblik shohsupasiga chiqdi.
Izoh (0)