Turkiyaning Antaliya shahridagi apartamentlardan birida ukrainalik er-xotin Vyacheslav va Mayya Samiloning jasadlari topildi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Fojia haqida qo‘shnilar ularning olti yoshli qizi orqali bilgan: qizcha yig‘lab balkonga chiqqan va suv, non so‘ragan. Ota-onasi qayerdaligini so‘rashganida esa ularning uch kundan buyon uxlayotganini aytgan.
Voqea joyiga zudlik bilan politsiya yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, er-xotin alkogol komasiga tushib qolgan, bu esa o‘limga olib kelgan. Qo‘shnilar ularning spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilganini tasdiqladi. Biroq ukrainaliklar o‘limining yakuniy sababi aniqlanganicha yo‘q.
Qizcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va bolalar ijtimoiy markaziga joylashtirildi. Uni Ukrainadan qarindoshlari kelib olib ketishi kutilmoqda.
Izoh (0)