O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.
25-iyundan 27-iyunga qadar Respublikaning ba’zi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqalridoq bo‘lishi kutilmoqda.
Ertaga, 25-iyun kuni ham Toshkent shahrida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5—10 m/s tezlikda esadi, 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19…+21 daraja, kunduzi +33…+35 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li tumanlarida sel kelishi mumkin. Kechasi harorat +12…+17, kunduzi +20…+25 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)