2015-yil ikkinchi yarmidan boshlab Xitoyning Lyanyungan portidan Olma-Ota va Toshkentga tomon har hafta beshta konteyner poyezdi yo‘lga chiqadi. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda.
KTZ Express kompaniyasi prezidenti Sanjar Yelyubayevning ma’lum qilishicha, Lyanyungan portidagi Xitoy-Qozog‘iston terminali orqali 2014-yil mayidan beri hozirga qadar 65 mingta konteyner qayta ishlangan, temiryo‘l ishga tushirilishi bilan 130 ming tonna yuk tashilgan.
Fevral oyida “Lyanyungan – Olma-Ota” va “Lyanyungan – Toshkent” konteyner poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi. 2015-yilning ikkinchi yarmidan boshlab mazkur terminaldan har hafta beshta poyezd ushbu yo‘nalishlar bo‘ylab yo‘lga chiqishi kutilmoqda.
Xitoyning Lyanyungan portidagi Xitoy-Qozog‘iston qo‘shma terminali 2014-yilning may oyida ish boshladi. Bu terminal Qozog‘istonning temiryo‘l orqali eksport-import va tranzit salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Izoh (0)