Oq uyning sobiq bosh oshpazi Uolter Sheyb 22-iyun kuni Nyu-Meksikodagi tog‘da jonsiz holda topildi, deb xabar beradi CNN.
Sheyb 13-iyunda yo‘qolib qolgandi. Uni so‘nggi marta Taos shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda ko‘rishgandi.
Oshpazning jasadi tog‘ orasidagi asosiy piyodalar so‘qmog‘idan 2 kilometr uzoqlikdan topildi. Taxminlarga ko‘ra, 61 yoshli oshpaz yolg‘iz o‘zi tog‘da sayr qilmoqchi bo‘lgan. Uning o‘limi sababi aniqlashtirilmoqda.
Uolter Sheyb Oq uyda 10 yil davomida bosh oshpaz bo‘lib ishlagan. 1994-yilda uni o‘sha vaqtlardagi mamlakatning birinchi xonimi Hillari Klinton yollagandi.
Izoh (0)