XVII asrda yashagan shvetsiyalik yepiskopning qabridan taxminan besh oylik embrion topildi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Chaqaloq yepiskopning qarindoshi bo‘lganligi yoki uni o‘z sirini yashirmoqchi bo‘lgan xizmatchilardan biri qabrga qo‘yganligi noma’lum.
Lund yepiskopi Peder Vinstrup XVII asrning taniqli dinshunosi bo‘lgan. Uning shahar kafedral sobori sag‘anasida deyarli umuman teginilmasdan saqlangan jasadini olimlar rentgen va kompyuter tomografiyasi yordamida tekshirib, uning hayot tarzi va kasalliklari haqida o‘rganmoqchi bo‘ldi.
Tasodifan aniqlangan topilma esa chala tug‘ilgan bola bo‘lib, uni yepiskopning oyog‘i yoniga ataylab qo‘yishgan. Vinstrup va chaqaloq o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini DNK tahlili yordamida tekshirib ko‘rishmoqchi.
Izoh (0)