Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z otlarining Chexiya poygalaridagi g‘alabasidan daromad ololmaydi. Bu haqda Chexiya moliya vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Idoradagilar aniqlik kiritishicha, “bunday faoliyatdan tushgan har qanday daromad faqat mol-mulkni boshqarish va saqlashga sarflanadi”.
Agar daromad xarajatdan ortsa, u Chexiya hududida muzlatiladi.
Bunday qarorga Chexiyada o‘nlab poyga otlariga egalik qiluvchi Qodirovga nisbatan individual sanksiyalar uzaytirilgani sabab bo‘ldi.
Izoh (0)