Jurnalistlar tasodifan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Apple kompyuteri ekranini suratga tushirdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”. U yerdagi manzara esa biroz hayratlanarli edi.
Gap shundaki, bosh vazirning iMac kompyuteri ekraniga diqqat bilan qaralsa, unga eski Microsoft operatsion tizimi o‘rnatilganini payqash mumkin: ekranda ushbu operatsion tizimning taniqli foni ko‘rinib turibdi.
“Biroq bosh vazir operatsion tizimning o‘zi emas, shunchaki fonidan foydalanayotgan bo‘lishi ham mumkin”, — deb taxmin qiladi nashr.
Izoh (0)