Samsung Electronics kompaniyasi Toshkentdagi “Fleshka” (“Malika”) texnomarkazi yonida joylashgan Merkato savdo markazidagi firma do‘konida Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge flagman smartfonlari savdosini boshladi. Bu haqda Mobinfo.uz xabar bermoqda.
Bu yerda xaridorlarga smartfonlarning 32 gigabaytli versiyalari taklif qilinmoqda. Firma do‘konida Galaxy S6 4,551 million so‘mdan, Galaxy S6 Edge esa 5,210 million so‘mdan sotilmoqda.
Taqqoslash uchun, “Fleshka” (“Malika”) texnomarkazida 32 gigabaytli mazkur smartfonlarni mos ravishda 2,9 million va 3,3 million so‘mga sotib olish mumkin.
Bundan tashqari, Samsung’ning firma do‘konida Galaxy Note 4, Galaxy Alpha, Galaxy A7, Galaxy A5 va Galaxy 3 smartfonlari ham sotila boshlangan.
Izoh (0)