Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar vazirlari kengashi tomonidan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar 2016-yil 31-yanvargacha uzaytirilishiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Rossiya TIV ayniqsa sanksiyalar Gitler Germaniyasi Sobiq ittifoqqa hujum qilgan kun — 22-iyunda uzaytirilganini “surbetlik” deb atadi. Shuningdek, Bryussel sanksiyalar yevropaliklar qancha zarar keltirayotgani haqida gapirmayotgani, bu Yevropada 100 minglab va hattoki millionlab ish o‘rinlari yo‘qotilishga olib kelayotgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 2014-yil avgustida Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi va Donbassdagi mojaro tufayli joriy qilgan edi.
Izoh (0)