Taniqli qo‘shiqchi Ledi Gaga Bokudagi birinchi Yevropa o‘yinlari ochilish marosimida chalgan royal ikki mingdan ziyod gullar bilan bezatildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Fortepianoni bezagan Ozarbayjondagi eng mashhur gulchilardan biri Dmitriy Turkan so‘zlariga ko‘ra, gullar so‘lib qolmasligi uchun ularning har biri alohida probirkaga joylangan.
Kompozitsiyaga chinnigul, klematis, sallagul, atirgul, shabbo‘y, passiflora, evkalipt kabi gullar kirdi.
Avvalroq Ledi Gaga 12-iyun, juma kuni birinchi Yevropa o‘yinlari ochilishida chiqish qilishidan avval bir necha kun davomida maxfiy ravishda Bokudagi mehmonxonalardan birida istiqomat qilgani xabar berilgan edi.
Ochilish marosimida xonanda Jon Lennonning Imagine qo‘shig‘ini ijro etdi. Ledi Gaganing marosimdagi qatnashuvi kutilmagan hodisa bo‘ldi, chunki marosim dasturida uning ishtiroki qayd etilmagan edi.
Izoh (0)