Fransuz rejissori Frederik Obyurten tomonidan suratga olingan, FIFA tashkilotining yaratilishiga bag‘ishlangan “Orzular ligasi” sport dramasi Amerika kinoprokati tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz filmga aylandi, deb xabar qiladi “Segodnya”.
Film premyerasi 2014-yil Kann kinofestivalida bo‘lib o‘tgandi, AQSh prokatiga esa u 2015-yil 5-iyunda chiqdi. 25—30 million dollarga olingan filmning 80 foiz mablag‘ini FIFA taqdim etgandi. “Orzular ligasi” AQShda prokatning birinchi haftasida 10 ta kinoteatrda bor-yo‘g‘i 918 dollar yig‘di.
Bungacha kassa yig‘imi bo‘yicha AQShda eng yomon ko‘rsatkich 2012-yilda rok-myuzikl janrida suratga olingan “Men vampirdan bo‘sa oldim” filmiga tegishli edi.
Izoh (0)