Gidrometeorologiya markazining xabariga ko‘ra, 19—20-iyun kunlari O‘zbekiston respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda harorat 43 darajagacha ko‘tariladi, deb xabar beradi “UZ24”.
Toshkent shahrida havo harorati 35—40 darajaga ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hamda Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 35—40 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 38—43 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Farg‘ona vodiysida esa harorat 34—39 darajaga yetadi.
Izoh (0)