Futbol bo‘yicha AQSH terma jamoasi va “Sielttl Saunders” klubi himoyachisi Klint Dempsi uchrashuv hakamining yon daftarchasini yirtib tashlagani uchun maydondan chetlatildi. Bu haqda Lockerdome xabar bermoqda.
Hodisa mamlakat Kubogi doirasidagi “Portlend”ga qarshi o‘yin vaqtida yuz berdi. Hakamning navbatdagi qaroridan achchig‘i chiqqan futbolchi uning oldiga borib, uning libosidan yon daftarchani tortib oldi va yirtib tashladi, shundan so‘ng maydondan chetlatildi.
O‘yin 3:1 hisobida “Portlend” g‘alabasi bilan yakuniga yetdi, Dempsining jamoasi esa o‘yinni yetti kishi bo‘lib yakunladi – Dempsidan tashqari sietlliklarning yana ikki o‘yinchisi maydondan chetlatildi, bir futbolchi esa jarohat oldi – uning o‘rniga boshqa o‘yinchini tushirish imkoni yo‘q edi.
https://youtu.be/0tiLB5sfVoE
Izoh (0)