Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Aleks Susey iste’foga chiqdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunga OFKning sobiq prezidenti Muhammad bin Hammam bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgan.
Yodingizda bo‘lsa, Muhammad bin Hammam pora berganlikda ayblanib, o‘z lavozimidan ketgandi. Aleks Susey Bin Hammam tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarga oid hujjatlarni yashirganlikda ayblanmoqda. Ammo Suseyning o‘zi bu ayblovlarni inkor qilyapti.
Izoh (0)