Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti vazifasini bajaruvchi Yozef Blatter Yevroparlament a’zolari taklifiga binoan zudlik bilan iste’foga chiqishni rad etdi, deb xabar qiladi Associated Press.
“FIFA Yevroparlamentning rezolyutsiyasidan ajablandi. Blatter o‘z lavozimini navbatdan tashqari kongressda bo‘shatib berishini ma’lum qilib bo‘lgan”, — dedi federatsiya vakili.
FIFAning yangi prezidentini saylash uchun o‘tkaziladigan navbatdan tashqari kongress sanasi 20-iyulda e’lon qilinadi.
11-iyun, payshanba kuni Yevroparlament tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya FIFA rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash taklifi hamda 2018 va 2022-yillardagi jahon chempionatlarini o‘tkazish uchun arizalar bo‘yicha tergov o‘tkazishga chaqiriqni o‘z ichiga olgandi.
Izoh (0)