Eron va “oltilik” (BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya) delegatsiyalari 10-iyun kuni Venada Tehronning yadro dasturi yuzasidan muzokaralarning navbatdagi bosqichini boshlaydi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Muzokaralar yakuniy bitimni ishlab chiqishning oxirgi muddatidan uch hafta oldin boshlanmoqda. Biroq tomonlarda haligacha qator masalalar, jumladan, ekspertlarni Eron hududidagi obyektlarga qo‘yish, sanksiyalar tiklanishi ehtimoli mexanizmi va eksport nazoratini amalga oshirish yuzasidan muhim qarama-qarshiliklar mavjud.
Rejaga binoan, dastlab Venada ekspertlar ish boshlaydi. Ularning ishini Yevropa tashqi siyosat xizmati bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Xelga Shmid va Eron TIV o‘rinbosari Abbos Aragchi muvofiqlashtiradi. 12-iyun kuni siyosiy direktorlar darajasida to‘liq formatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda muhokama qilinishi kutilayotgan eng muhim masalaardan biri Xalqaro atom energetikasi agentligi ekspertlarining Eron hududidagi obyektlariga kiritilishi masalasi bo‘lishi aytilgan.
Izoh (0)