“Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Xavi kuni kecha Qatarga yetib keldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
U 2 kun davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 11-iyun, payshanba kuni 35 yoshli yarim himoyachining “As Sadd” futbolchisi sifatidagi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi bir necha kun oldin “Barselona” bilan YeChLda g‘alaba qozongan va kataloniyaliklar tarkibidagi sovrinlari sonini 25 taga yetkazib olgandi. Bundan tashqari, ispan futbolchisi Yevropa Chempionlar Ligasida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
Izoh (0)