Moskvaning “Lokomotiv” klubi rasmiy sayti hamda “Vkontakte” guruhida o‘tkazilgan so‘rov yakunlandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Unda “temiryo‘lchilar”ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, himoyachi Vedran Chorluka mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Xorvatiyalik futbolchiga 1461 kishi ovoz bergan. Bu so‘rovda ishtirok etganlarning umumiy 36,9 foizi deganidir. Ikkinchi o‘rinni yarim himoyachi Aleksey Miranchuk 786 ovoz (19,9 foiz) bilan band etdi.
Kuchli uchlikka o‘zbekistonlik Vitaliy Denisov yakun yasadi. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisiga 504 kishi (12,7 foiz) ovoz bergan.
Izoh (0)