Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati Paxtaorol tumani Jetisay shahrida umumiy milliy sinovga borishni istamagan qizga uning sevgan yigiti yordam bermoqchi bo‘ldi, deya xabar qilmoqda “Nur.kz”.
Buning uchun yigitcha ko‘ylak kiyib, yasama soch qo‘yib oldi, yuziga pardoz chaplashni ham unutmadi. Biroq firibgarlik imtihon topshirish markaziga kirish joyidayoq fosh qilindi. U tajribali nazoratchilar e’tiboridan chetda qolmadi.
Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u qizga yordam berish uchun ataylab boshqa viloyatdan yetib kelgan. U Qozog‘iston-Britaniya texnika universiteti talabasi ekanligi xabar berilmoqda.
Bitiruvchi qiz endi imtihonni qanday topshirishi noma’lum.
Izoh (0)