Telegram messenjeri tez orada asosiy profilga musiqa joylashtirish funksiyasini joriy qiladi. Endilikda har bir foydalanuvchi kayfiyatni ifodalash uchun oddiy yozuv yoki emojidan tashqari musiqadan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Telegram o‘z audio kutubxonasiga ega bo‘lmagani sababli, foydalanuvchilar qo‘shiqlarni mustaqil ravishda izlab topishi va yuklab olishi kerak bo‘ladi. So‘ng musiqani profilga joylashtirish uchun foydalanuvchi chatdagi biror qo‘shiqni tanlaydi va o‘ng tomonda paydo bo‘ladigan maxsus tugma orqali profilga joylaydi.
Telegram profilga kirgan har bir odam qo‘shiqni tinglashi va foydalanuvchining boshqa treklar ro‘yxatini ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Hozirda mazkur funksiya Telegram’ning macOS uchun beta versiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda, boshqa platformalar uchun qachon ishga tushirilishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Biroq ayrim manbalarda bu imkoniyatning keng joriy qilinishi 2026-yil mart oyiga rejalashtirilgani aytilmoqda.
Izoh (0)