Tojikistonda folbin va sehrgarlarga murojaat qilganlik uchun jarimalar joriy etildi. Bu haqda Dushanbe ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda folbin yoki sehrgar xizmatidan foydalangan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Jumladan, shunday xizmatdan foydalangan fuqarolarga hisoblash ko‘rsatkichining 50 (3 750 somoni)dan 60 (4 500 somoni) barobarigacha jarima belgilangan.
Dushanbe shahar Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni qonunga xilof harakatlardan qat’iy tiyilishga chaqirdi hamda bunday holatlarning oldini olishda militsiya organlariga yordam berishni so‘radi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Tojikistonda ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida folbinlik yoki sehrgarlik bilan qayta shug‘ullanilsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Ammo tegishli modda bo‘yicha qanday jazo chorasi qo‘llanilishi aniq ko‘rsatilmagan. Tojikistonda folbin va sehrgarlarga qarshi muntazam reydlar amalga oshiriladi.
Izoh (0)