Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko tegishli tuzilmalarga Odessa viloyati davlat ma’muriyati rahbari, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili soqchilarini kuchaytirishni buyurdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Menga maxsus topshiriqli bo‘linmalar guruhi soqchilik qilmoqda. Bu yerdagi qo‘riqlov Kiyevdagidan ancha kuchli”, — dedi u Gruziyaning “Rustavi-2” telekompaniyasiga bergan intervyusida.
“Bu men odamlar bilan muloqotda bo‘lmasligim kerakligini bildirmaydi. Bu odamlar rahbarlar ular bilan yonma-yon bo‘lishini qadrlaydi. O‘rtada masofa bo‘lishi kerak emas. Prezident mening xavfsizligim nuqtai nazaridan qo‘shimcha farmon berdi, bu mening talabim emas”, — dedi Saakashvili.
Nashr eslatishicha, 30-may, shanba kuni Ukraina prezidenti Saakashviliga Ukraina fuqaroligini berdi va uni Odessa viloyat davlat ma’muriyati rahbari etib tayinladi.
Izoh (0)