GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 3-iyundan Lacetti-2 va Cobalt avtomobil modellari uchun xalqaro plastik kartalar bo‘yicha yangi narxlarni belgiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lumot berilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
UzReport’ning aniqlik kiritishicha, xalqaro plastik kartalar vositasida sotib olinadigan birinchi va ikkinchi pozitsiyadagi Lacetti-2 va Cobalt avtomobillari narxi 15 foizga arzonlashgan.
Avvalroq Cobalt LS (birinchi pozitsiya)ning narxi 32,619 million so‘m, Cobalt LT (ikkinchi pozitsiya) 35,027 million so‘m, Lacetti LS (birinchi pozitsiya) 38,358 million so‘m, Lacetti CDX/M/T (ikkinchi pozitsiya) esa 44,333 million so‘mga teng edi.
Izoh (0)