O‘zbekiston va Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida to‘qqizta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari avtomobil sanoatida to‘qqizta loyihani amalga oshirish bo‘yicha investitsiyaviy shartnomalarni imzolashdi.
Loyihalarning narxi va shartnomalarning qiymati haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Qayd etishlaricha, ushbu shartnomalar doirasida GM Uzbekistan uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Avvalroq GM Uzbekistan T250 (Aveo) modelidagi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasi esa yangi avlod avtomobil dvigatellari ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda avtomobil transmissiyalari va butlovchi qismlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)