Moskvadagi yirik yo‘l-transport hodisasida Qirg‘iziston, Armaniston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Knews.kg”.
Avariya Toshkent vaqti bilan bugun, 2-iyun kuni 9:00 da Moskvadagi Kiyev shossesida uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan.
Avtohalokatda Hyundai yuk ko‘taradigan mashinasi haydovchisi jabrlandi, Toyota Alphard mikroavtobusidagi uch kishi nobud bo‘ldi.
Aniqlik kiritilishicha, YTHda jabrlanganlar orasida Qirg‘izistonning ikki fuqarosi bor, halok bo‘lganlar esa Armaniston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir.
Izoh (0)