Germaniyada tank ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Tank Germaniya hududidagi baza tevaragida mashg‘ulot o‘tkazayotgan Britaniya qurolli kuchlariga tegishli edi.
Yo‘lda tankning zanjir tasmasi 18 yoshli qiz boshqarib kelayotgan Toyota avtomobilini bosib ketdi. Askarlar jabrlanuvchini avtomobildan chiqarib oldi, u jiddiy tan jarohati olmadi.
Politsiya ushbu hodisaga yo‘l harakati qoidasini buzgan qiz aybdor, degan xulosaga keldi.
Izoh (0)