Boliviyada politsiya xodimlari mamlakat prezidenti Evo Moralesning avtomobiliga qarata o‘t ochishdi. Mashinada prezidentning o‘zi bo‘lmagan, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Boliviya ichki ishlar vaziri Karlos Romeroning ma’lum qilishicha, haydovchi davlat rahbarini mamlakatning rasmiy poytaxti – Sukrega olib kelishi kerak bo‘lgan samolyot uchuvchisini olib kelish uchun ketayotgan bo‘lgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha to‘rt kishi hibsga olingan, ular qotillikka urinish ayblovi bo‘yicha ko‘rsatmalar berishmoqda.
Hodisa Kochabamba shahrida, prezident avtomobili ikki politsiya o‘tirgan mashina yo‘lini kesib chiqqanidan so‘ng yuz bergan. Politsiya xodimlari to‘xtab qolib, uzoqlashib ketayotgan avtomobilga qarata ikki marta o‘q uzishgan.
Izoh (0)