O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari Seulda 28-may, payshanba kungi muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va hamkorlikdagi yangi yirik loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Yonhap agentligiga tayanib.
Islom Karimov va Pak Kin Xe tomonidan imzolangan davlat rahbarlarining birgalikdagi deklaratsiyasida O‘zbekiston iqtisodiyotiga old texnologiyalarni joriy qilish va Janubiy Koreya yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha rejalar haqida gap boradi.
Neft-gaz, neft-kimyo va avtomobilsozlik sanoati ikki tomonlama hamkorlik uchun asosiy sohalar bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, quyosh energetikasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalari rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-may kuni davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyaga keldi. O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifining asosiy tadbirlarini, jumladan, Janubiy Koreya Prezidenti va boshqa rahbarlari bilan rasmiy muzokaralar, yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlarni 28—29-may kunlari o‘tkazish mo‘ljallangan.
Izoh (0)