Shotlandiyalik o‘smirlar xavfli ermak topdi: bolalar paratsetamol tabletkalarini kim ko‘p iste’mol qilish bo‘yicha bahslashmoqda hamda o‘zlarining shubhali ko‘rsatkichlarini Facebook va Instagram orqali maqtanmoqda, deb xabar qiladi “Nur.kz”.
Ushbu aksiya Paracetamol Challenge — “Paratsetamol chaqiruvi” nomini oldi. Bu aksiyaning mohiyati nimada ekanligi ma’lum emas.
Mirror nashri bergan xabarga ko‘ra, ershirlik o‘spirinning bu aksiyadagi ishtiroki kasalxonaga tushish bilan yakunlangan. Shundan keyin mahalliy maktablar o‘quvchilarning ota-onalariga maktub yozib, o‘z bolalarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini kuzatishni so‘ragan.
Shifokorlar og‘riq qoldiruvchi dorilarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Izoh (0)