Yamanning Taiz shahrida yonilg‘i solingan sisterna portlashi natijasida kamida 29 kishi halok bo‘ldi va yuzga yaqini jarohat oldi, deya xabar bermoqda “TASS” arab OAVlariga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa El-Masbax shahrining turar joy dahasida sodir bo‘lgan. Guvohlar aytishicha, portlash joyida bir necha o‘nlab to‘liq kuyib ketgan jasadlar qolgan, o‘nlab shaharliklar kuchli kuyish jarohatlari olgan.
Taizdagi mamlakat prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy tarafdori bo‘lgan ko‘ngilli qo‘shinlar hodisada shialarning “Ansar Alloh” harakati qo‘li borligini aytmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “xusiylar sisterna atrofida yuzlab yamanliklar yig‘ilishini kutib, so‘ng uni nishonga olgan”. “Ansar Alloh” esa o‘z navbatida buni rad etib, sisternaga shaharda davom etayotgan jangovar harakatlar chog‘ida otilgan daydi snaryad kelib tekkanini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)