Quddus sudi Isroil sobiq bosh vaziri Exud Olmertni korrupsiya ishi bo‘yicha aybdor deb topdi va sakkiz oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda 25 ming dollar miqdorida jarima to‘lashni tayinladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sobiq bosh vaziri mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 2012-yil iyulida oqlangan edi. Biroq 2015-yil 30-martida ish qayta ko‘rib chiqildi, sud uni amerikalik ishbilarmon Morris Talanskidan pora olganlikda aybdor deb topdi.
Prokurorlarning ma’lum qilishicha, Exud Olmert aldov yo‘li bilan, Morris Talanskining biznesini qo‘llab-quvvatlashga va’da berib, undan umumiy hisobda 600 ming dollardan ortiq pul olgan.
Exud Olmert 2014-yil may oyida boshqa bir korrupsiya ishi bo‘yicha aybdor deb topilgan va olti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. O‘shanda u Quddusdagi “Xolilend” turar-joy majmuasi qurilishi uchun pora olganlikda aybdor deb topilgandi.
Izoh (0)