Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev amerikalik milliarder, Las-Vegasdagi kazino tarmoqlari egasi Stiven Uinn bilan uchrashdi. Newskaz.ru’ning xabar berishicha, u bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.
Suhbat davomida Qozog‘istonda sayyohlik sohasi va mehmonxona biznesini rivojlanirish masalalari muhokama qilingan.
“Bundan tashqari, investitsiyaviy faoliyat doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi”, - deyiladi Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan axborotda.
Izoh (0)