92 yoshli germaniyalik pensioner temir yo‘l vokzalida o‘z yiqqan-tergan pullarini unutib qoldirdi. Mahalliy temiryo‘lchilarning tartibliligi tufayli qariya pullarini qaytarib oldi, deb xabar beradi Bild.
Gamburg shahridagi vozkal xizmatchilari o‘rindiqdan ryukzak topib oldi va uni topilmalar idorasiga topshirdi.
Yo‘l-yo‘lakay politsiyaga ham xabar berildi, chunki ryukzak shubhali ko‘ringandi. Tekshiruvlar natijasida uning ichidan xavfli buyumlar topilmadi, ammo katta summadagi pul borligi aniqlandi. Ryukzakdagi naqd pullarning o‘zi 34 ming yevroni tashkil qilardi.
Yuk xaltasidan yana hisobida 10 ming yevro bo‘lgan jamg‘arma kitobchasi ham topildi. Politsiya olib borgan tezkor surishtiruv ishlaridan so‘ng o‘rindiqda pullarini unutib qoldirgan pensioner topildi.
Pensioner 92 yoshga to‘lgan kunini nishonlayotganida uning pullari qaytarib berildi.
Izoh (0)