O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov keyingi hafta Koreya Respublikasiga uch kunlik tashrif bilan boradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Yonhap agentligiga tayanib.
Koreya Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilarining 28-may kungi uchrashuvida xavfsizlik, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa sohalardagi hamkorlikni taraqqiy ettirish masalalari ko‘riladi.
Bu Islom Karimovning mart oyidagi saylovlarda davlat rahbarligiga qayta saylanganidan buyon chet elga birinchi rasmiy safari bo‘ladi.
Izoh (0)