Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi zamonaviy traktorlarni bort kompyuterlari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda, deb yozadi “12news.uz”.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi O‘tkir Ubaydullayev so‘zlariga ko‘ra, ular mashina-traktor agregatlarini nazorat qilish bo‘yicha bort mikroprotsessor tizimini ishlab chiqqan.
“U mamlakatda ishlab chiqarilayotgan planshet kompyuterlari bazasida ishlaydi va xorijiy muqobillariga qaraganda qator afzalliklarga ega. Tizim Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi buyurtmasiga binoan ishlab chiqildi, shu sababli tez orada bort kompyuterlari O‘zbekistonda chiqarilayotgan zamonaviy traktorlarga o‘rnatila boshlaydi”, — dedi Ubaydullayev.
Izoh (0)