Olma-Otada yo‘ltanlamas avtomobil bolalar bog‘chasidagi o‘yin maydonchasiga kelib urildi, o‘sha vaqtda u yerda 26 nafar bola bo‘lgan. Tengrinews xabar berishicha, YTH natijasida besh yoshli bola halok bo‘ldi, yana sakkiz nafari turli jarohatlar oldi.
Qora Land Cruiser’ni ayol kishi boshqargan, u yuqori tezlikda orqaga yurib, bolalar bog‘chasini to‘sib turgan devorni qulatgan. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, u shok holatida bo‘lgan, atrofdagilar tez yordam chaqirgan, haydovchini qo‘lga olishgan.
46 yoshli haydovchi ayol shahar ichki ishlar bo‘limining vaqtinchalik hibsda saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Sudoldi tergov ishlari boshlangan.
Izoh (0)