Turkiya prezidentini haqorat qilishda ayblanayotgan ko‘plab jurnalistlardan biri – Komil Mamanga nisbatan eng ko‘p ayblov ilgari surildi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar bermoqda.
Maman o‘ziga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni tanqidga va fikr bildirish erkinligiga toqatsizlik namunasidan ortiq narsa emasligini ta’kidladi. Jurnalistning qayd etishicha, Erdo‘g‘an ismi ishtirok etgan har bir tvit asosida qo‘zg‘atilgan bu jinoyat ishlaridan ko‘zlangan maqsad – uning ovozini o‘chirishdir.
“Bugun sizni prezidentni haqorat qilishda ayblashlari uchun birgina tvitda Erdo‘g‘an ismini qayd etib o‘tishingiz kifoya. Qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatda esa bunday hodisalar kuzatilmaydi”, - dedi u.
Izoh (0)