Koreya Respublikasining hukmron “Senuri” partiyasi rahbari Kim Mu Son KXDR o‘z hududiga BMT bosh kotibi Pan Gi Munni kiritishi kerak deb hisoblayapti. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Kim Mu Son Shimoliy Koreya rejimini o‘z qarorini o‘zgartirishga va Pan Gi Munning KXDRga kirishiga ruxsat berishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya rejimining bunday qo‘pol ish tutishi g‘ayrioddiy harakat emas, lekin Pan Gi Munning Keson industrial majmuasiga kirishiga rad javobini berish – bu butun sayyorada tinchlikni himoya qilayotgan BMT tashkilotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqoratlashdir.
KXDR 20-may kuni hech qanday izohsiz BMT bosh kotibining Keson industrial majmuasiga kirishiga berilgan ruxsatni bekor qildi.
Avvalroq, 21-mayga rejalashtirilgan tashrif haqida gapirgan Pan Gi Mun 20 yildan buyon KXDR tuprog‘iga qadam qo‘ygan ilk bosh kotib bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi. Mamlakatga tashrif buyurgan (1993-yilda) so‘nggi bosh kotib Butros Butros Gali bo‘lgan.
Izoh (0)