Angliyaning Dagenem shahrida yashovchi Jeyson Brinklet uzoq vaqt baraban chalish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatganidan so‘ng shifoxonaga tushib qoldi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
44 yoshli erkak 12 soat-u 5 daqiqa va 5 soniya zarbli cholg‘u asbobini chalgan.
Rekord qayd etilishi bilan Brinklet bilagini his qilmayotganini bildirdi. Shifokorlar uning qo‘li shikastlanganini qayd etdi. Rekordchi baraban chalishni boshlaganidan 8 soat o‘tgach, og‘riqni his qilganini, biroq chekinishni istamaganini ta’kidladi.
Baraban chalish bo‘yicha avvalgi rekord 2013-yilda filippinlik Jastin Daniel Ardega tegishli edi. Uning ko‘rsatkichi 12 soat-u 3 soniyani tashkil qilgandi.
Izoh (0)