Malayziyaning yo‘qolgan “Boing” samolyoti yo‘lovchilari hisobidan pul o‘g‘irlagan Bashir Maul Sahul 4 yilga qamaladi va darra bilan 3 marta kaltaklanadi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
28-aprel kuni Bashir 4 ta band bo‘yicha Xitoy fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchilarning bank hisoblaridan pul yechib olishda aybdor deb topildi. U aybini bo‘yniga oldi, ammo prokuror o‘rinbosari Fadhli Mahmud suddan muruvvat ko‘rsatmaslikni so‘radi.
Bashir Maul Sahul va uning bankda ishlovchi rafiqasi Nur Shila Kanan jami 111 ming ringgit (34 ming dollardan ko‘proq) pulni o‘g‘irlagan. Ular 2014-yilning avgust oyida hibsga olingandi.
Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ga qarashli Boeing 777-200ER samolyoti 2014-yilning 8-mart kuni Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz etayotib, radarlardan yo‘qolib qolgan.
Izoh (0)