Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida istiqomat qiluvchi, uch nafar nevaraning buvisi hisoblangan 39 yoshli ayol o‘ninchi farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning oldiga shu vaqtgacha hech kim o‘ninchi farzandini tug‘ish uchun kelmagandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Oksana ismli bu ayol haqiqiy rekordchidir.
Bu kabi tug‘uruqlar ko‘p jihatdan xavfli bo‘lsa-da, Oleg deb ism qo‘yilgan o‘ninchi farzand ham, ona ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. Xabar berishlaricha, bungacha oilaning bir qiz va sakkiz o‘g‘li bor edi. Ayol hali yana bir necha bor tug‘ish niyatida.
Izoh (0)