Zo‘ravonlikdan so‘ng 42 yil davomida koma holatida yotgan hamshira Hindiston shifoxonalaridan birida vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Aruna Shanbaug Mumbaydagi Qirol Eduard xotirasi shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlardi. 1973-yil noyabrida unga zo‘ravon sanitar tashlandi. U hamshirani bo‘g‘di, qiz omon qoldi, ammo uzoq vaqt kislorod yetishmaganligi tufayli uning miyasi tashqi ta’sirlarga javob bermay qo‘ydi. O‘shandan buyon Aruna o‘zining qadrdon kasalxonasi palatalaridan birida yotgandi.
Shifoxona boshlig‘i Avinash Supe ommaviy chiqish qilib, Shanbaugning qarindoshlarini topish uchun yordam so‘radi.
2011-yil mart oyida Aruna haqida kitob yozgan jamoat arbobi Pinki Virani hamshiraning evtanaziya holatiga tushirilishini so‘ragan. Ammo sud Hindistonda evtanaziya taqiqlangani va Virani hamshiraga kasalxona xodimlari kabi yaqin bo‘lmagani tufayli bu iltimosni rad etgan.
Izoh (0)