AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel o‘z moliyaviy deklaratsiyasini taqdim etdi. Ularning boyliklari 1,9 milliondan 6,9 million dollargacha baholanmoqda, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Amerika prezidenti oilasining asosiy mablag‘i AQSh G‘aznasi tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning narxi 1,25 milliondan 5,25 milliongacha baholanmoqda.
Qolgan boyliklar nafaqa omonat hisobi, joriy hisoblar, nafaqa fondi hamda Obamalarning qizlari – Maliya va Sashaning kollejdagi o‘qishi to‘lovi uchun jamg‘arma hisoblarida saqlanadi.
2014-yilda Obama 2 ta kitobi uchun 30 va 100 ming dollar qalam haqi oldi.
Chikagodan uy sotib olish uchun ipoteka xarajatlari 500 mingdan 1 million dollargacha bo‘ldi.
Izoh (0)