12-may kuni Nepalda sodir bo‘lgan yangi zilzila qurbonlari soni 117 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda holatlar milliy markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq 96 kishining hayotdan ko‘z yumagani xabar qilingandi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ikkala yer silkinishi natijasida 8316 kishi vafot etdi va 76 638 kishi jabrlandi.
7,3 magnitudali zilzilaning ilk silkinishi 12-may kuni Toshkent vaqti bilan 12:05 da qayd etildi. Uning epitsentri Katmandudan 83 kilometr janubda, o‘chog‘i esa 18,5 kilometr chuqurlikda joylashdi. Undan so‘ng ham bir necha takroriy zilzilalar bo‘ldi va ularning eng kattasi 6,3 ballni tashkil qildi.
Nepalda 25-aprel kuni 7,9 magnitudali zilzila ro‘y bergandi. Shundan so‘ng kuchi 3,2 dan 6,9 magnitudagacha bo‘lgan 90 ga yaqin aftershoklar qayd etildi. Yer silkinishi 8 mingdan ortiq odamning yostig‘ini quritdi.
Izoh (0)