Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha tuzilgan jahonning eng yirik kompaniyalari reytingida tarixda birinchi marta Xitoyning to‘rtta banki yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Birinchi o‘rinda Xitoy sanoat va tijorat banki, ikkinchi o‘rinda Xitoy qurilish banki, uchinchi o‘rinda Xitoy qishloq xo‘jaligi banki, to‘rtinchi o‘rinda Xitoy banki va beshinchi o‘rinda AQShning Berkshire Hathaway xoldingi ko‘rsatilgan. Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 27, “Rosneft” 59, “Lukoyl” 109-o‘rinni egallagan.
Reytingga jami 2 mingta kompaniya kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy daromadi 39 trillion dollarni, umumiy foydasi 3 trillion dollarni, jami aktivlari 162 trillion dollarni, umumiy bozor kapitalizatsiyasi 48 trillion dollarni tashkil etadi. Ro‘yxatdan AQShning 579 ta, Xitoyning 232 ta, Yaponiyaning 218 ta kompaniyasi o‘rin olgan.
Izoh (0)